🌿Onkologik kasalliklarni oldini olish – "Salomatlik marofoni" loyihasining muhim yo'nalishi

🌿Onkologik kasalliklarni oldini olish – "Salomatlik marofoni" loyihasining muhim yo'nalishi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-402-sonli qarori asosida hamda "Salomatlik marofoni" loyihasi doirasida Yangibozor tumanida onkologik kasalliklarni oldini olish va erta diagnostika qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Tumandagi 93927 nafar aholidan onkoskrening dasturidan o‘tkazish rejalashtirilgan aholi soni 20263 nafarni tashkil etadi. Mazkur jarayonda 30-65 yoshdagi ayollar orasida onkoskening tekshiruvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida “Salomatlik marofoni” loyihasiga doirasida tumandagi 30- 65 yoshdagi ayollar orasida so‘rovnomadan o‘tkazilganlar 17796 nafar ayollar ishtirok etsi.

  1. Mamografiya va boshqa skrining tadbirlari:

Onkoskrening tadbirlariga quyidagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda shu jumladan,
Kalpasko‘pik tekshiruvlardan o‘tkazilganlar 3478 nafarni tashkil qiladi.
30, 40, 50 yoshdagi ayollar orasida Odam papilloma virusiga qarshi profilaktikasidan 1063 nafari o‘tkazildi.

  1. Maktab va kollejlarda proflaktika ishlari:

Natija va kutgiliklar
Yangibozor tumanidagi mahalla boshqaruvi islohotlari va "Salomatlik marofoni" loyihasi aholining ijtimoiy-iqtisodiy va sog‘lik xolatini yaxshilashga qaratilgan bo'lib, bu ishlarning samaralari allaqachon sezila boshlagan. Aholining mahalla faoliyatiga faol ishtiroki, sog‘liqni saqlash madaniyatining ortishi va yoshlarning ijobiy tashabbuslari yangi boshqaruv tizimining samaradorligini tasdiqlamoqda va bu boradagi islohatlar hamkor tashkilotlar hamkorligida davom ettirilmoqda.

Yangibozor tumani bosh akusher ginekologi F.Atasheva
15-11-2025, 14:43
Sahifaga qaytish