🌿Onkologik kasalliklarni oldini olish – "Salomatlik marofoni" loyihasining muhim yo'nalishi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-402-sonli qarori asosida hamda "Salomatlik marofoni" loyihasi doirasida Yangibozor tumanida onkologik kasalliklarni oldini olish va erta diagnostika qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

  • Mahalla bo'yicha muntazam ravishda bepul onkologik skrining o'tkazilib, aholi o'rtasida erta tashxis qo'yish imkoniyatlari yaratilmoqda

  • Har yili o'tkaziladigan "Onkologik salomatlik haftaligi" davomida mutaxassislar tomonidan maslahatlar berilmoqda

  • Jismoniy faollikni oshirish orqali semirish va uning bilan bog'liq onkologik xavflarni kamaytirish yuzasidan targ’ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Tumandagi 93927 nafar aholidan onkoskrening dasturidan o‘tkazish rejalashtirilgan aholi soni 20263 nafarni tashkil etadi. Mazkur jarayonda 30-65 yoshdagi ayollar orasida onkoskening tekshiruvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida “Salomatlik marofoni” loyihasiga doirasida tumandagi 30- 65 yoshdagi ayollar orasida so‘rovnomadan o‘tkazilganlar 17796 nafar ayollar ishtirok etsi.

  1. Mamografiya va boshqa skrining tadbirlari:

  • Ayollar uchun mamografiya skriningi o'tkazishda marafon doirasida 4620 nafar rejaga kiritilgan bo‘lib, shu kunga qadar 3510 nafar ayollar qamrab olindi. Mammografiya asosida dastbabki tekshiruvlar asosida ko’krak bezi saratoni aniqlanganlar 7 nafarida aniqanib, Viloyat onkolodiya markazida ambulator sharoitda davolash tadbirlari o‘tkazilgan.

Onkoskrening tadbirlariga quyidagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda shu jumladan,
Kalpasko‘pik tekshiruvlardan o‘tkazilganlar 3478 nafarni tashkil qiladi.
30, 40, 50 yoshdagi ayollar orasida Odam papilloma virusiga qarshi profilaktikasidan 1063 nafari o‘tkazildi.

  1. Maktab va kollejlarda proflaktika ishlari:

  • O'quv muassasalarida onkologik profilaktika bo'yicha o'quv dasturlari bo‘yicha viloyat muassasalari va tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomoonidan 73 ta ma’ruza, 49 ta suhbatlar o‘tkazilgan.

  • Barcha oilaviy shifokorlarni onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo'yicha maxsus treninglardan o'tkazish tadbirlari amalga oshirildi.

Natija va kutgiliklar
Yangibozor tumanidagi mahalla boshqaruvi islohotlari va "Salomatlik marofoni" loyihasi aholining ijtimoiy-iqtisodiy va sog‘lik xolatini yaxshilashga qaratilgan bo'lib, bu ishlarning samaralari allaqachon sezila boshlagan. Aholining mahalla faoliyatiga faol ishtiroki, sog‘liqni saqlash madaniyatining ortishi va yoshlarning ijobiy tashabbuslari yangi boshqaruv tizimining samaradorligini tasdiqlamoqda va bu boradagi islohatlar hamkor tashkilotlar hamkorligida davom ettirilmoqda.

Yangibozor tumani bosh akusher ginekologi F.Atasheva
15-11-2025, 14:43
Ko'rishlar: 51
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili