
Bugun Yangibozor tumanining barcha hududlarida aholini tibbiy xatlov va antropometriya ko‘riklaridan o‘tkazish boshlandi. Tumandagi birlamchi tibbiyot muassasalarida shakllantirilgan 46 ta tibbiy brigadalarga mahallalar, ko‘chalar kesimida xonadonlar biriktirildi. Xatlov jarayonida zarurat tug‘ilganda tor soha mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Xatlov jarayonida tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarziga oid suhbatlar tashkil etiladi. Bundan tashqari fuqarolarga “Qutirish kasalligi” xamda “Is gazidan zaxarlanish” to‘g‘risida xam tushuntirish ishlari o‘tkaziladi.