Yangibozor tumanida tibbiy katlovga "start" berildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondoshuvlar asosida tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, 2024 yilning 1 fevralidan 1 apreliga qadar respublika aholisining salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga tasniflash uchun aholi orasida qayta tibbiy xatlov va antropometriya tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.
Bugun Yangibozor tumanining barcha hududlarida aholini tibbiy xatlov va antropometriya ko‘riklaridan o‘tkazish boshlandi. Tumandagi birlamchi tibbiyot muassasalarida shakllantirilgan 46 ta tibbiy brigadalarga mahallalar, ko‘chalar kesimida xonadonlar biriktirildi. Xatlov jarayonida zarurat tug‘ilganda tor soha mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Xatlov jarayonida tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarziga oid suhbatlar tashkil etiladi. Bundan tashqari fuqarolarga “Qutirish kasalligi” xamda “Is gazidan zaxarlanish” to‘g‘risida xam tushuntirish ishlari o‘tkaziladi.
1-02-2024, 09:43
Ko'rishlar: 2
Sahifani chop etish