“Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da PQ-197 qarori 5 ilovasi 6 bandi aholining profilaktik ko‘rik hamda maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Yangibozor tumanida ayollarni onkologik kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrininggi o‘tkazilmoqda. Tumandagi 35-55 yoshli ayollarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta aniklash maqsadida kolposkop apparati yordamida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida skriningdan o‘tkazilgan ayollar cancer-registr.uz elektron tizimi orqali ro‘yxatga olinib, bir vaqtning o‘zida viloyat onkologiya markazi mutaxassislari onlayn ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratilgan. Onkologik kasalliklarga gumon qilingan ayollarga viloyat onkologiya markazi yo‘llanma berilmoqda.


