Tumandagi 35-55 yoshli ayollarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta aniklash maqsadida kolposkop apparati yordamida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi
“Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da PQ-197 qarori 5 ilovasi 6 bandi aholining profilaktik ko‘rik hamda maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Yangibozor tumanida ayollarni onkologik kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrininggi o‘tkazilmoqda. Tumandagi 35-55 yoshli ayollarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta aniklash maqsadida kolposkop apparati yordamida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida skriningdan o‘tkazilgan ayollar cancer-registr.uz elektron tizimi orqali ro‘yxatga olinib, bir vaqtning o‘zida viloyat onkologiya markazi mutaxassislari onlayn ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratilgan. Onkologik kasalliklarga gumon qilingan ayollarga viloyat onkologiya markazi yo‘llanma berilmoqda.

2-03-2024, 16:32
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish