Korrupsiyaga qarshi kurash — ustuvor vazifa

Korrupsiyaga qarshi kurash — ustuvor vazifa

🚫 Korrupsiyaga qarshi kurash — ustuvor vazifa
Hurmatli tibbiyot xodimlari va aziz xorazmliklar!
  Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu illat jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qilib, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi bilan xavflidir.
Shu bois Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
📌 Amalga oshirilayotgan ishlar:
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan   vazifalari hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish o‘g‘risida”gi Qonun ijrosini  ta’minlash, tibbiyot muassasalarida aholiga o‘rsatilayotgan izmatlar sifatini yanada yaxshilash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yil 30-yanvardagi 262-12-178-tb/2026-son buyrug‘i bilan korrupsiyaga qarshi nazorat komissiyasi tuzilgan.
🔹 Muassasalar faoliyatini muntazam monitoring qilish maqsadida “Situatsion markaz” tashkil etildi.
🔹 Fuqarolar murojaatlarini tezkor qabul qilish va hal etish maqsadida “Tezkor aloqa” xizmati yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Birlashmaga qarashli barcha muassasa va bo‘limlarda, jumladan laboratoriya, UTT va operatsiya bloklarida ovozli videokuzatuv kameralar o‘rnatilib, xizmat ko‘rsatish jarayoni shaffofligi ta’minlanmoqda.
🔹 Muassasalarda “Fikr bildirish” qutilari hamda anonim so‘rovnomalar joriy etildi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida muassasalarda axborot bannerlari o‘rnatilib, televizorlar orqali targ‘ibot videoroliklari muntazam namoyish etilmoqda.
🔹 Tizimda nepotizm, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy holatlarga nisbatan qat’iy talablar belgilangan.
🔹 Tibbiyot xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi ma’rifiy tadbirlar, seminarlar va tushuntirish ishlari muntazam tashkil etilmoqda.
📢 Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida quyidagi rasmiy axborot manbalari faoliyat yuritmoqda:
📱 Instagram:
https://www.instagram.com/yangibozorttb_rasmiy_kanal?igsh=MWxrYmZ5M3R6dXNkMw==
📱 Telegram kanali:
https://t.me/YangibozorTTB
🌐 Veb-sayt:
yangibozor-ttb.uz
  Fuqarolar ushbu platformalar orqali rasmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, onlayn murojaatlar yuborishi hamda ta’magirlik, noqonuniy to‘lovlar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar berishi mumkin.
👨‍⚕️ Aziz tibbiyot xodimlari!

  Sizlarni kasbiy burchingizga sodiq qolib, halollik, adolat va vijdon tamoyillari asosida faoliyat yuritishga, har qanday korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqiramiz.
👥 Hurmatli fuqarolar!
Agar korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, quyidagi manzil yoki 62-41-94-095 telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📩 Telegram bot: @XorazmSSB_antikorrupsiya_Bot
Barcha murojaatlarning maxfiyligi kafolatlanadi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.
⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!
🤝 Birgalikda halol va shaffof tibbiyot tizimini barpo etamiz!
6-03-2026, 14:57
Sahifaga qaytish