❗️Dorixonalarda “Elektron resept” tizimi joriy etilishi lisenziya talabi sifatida belgilanmoqda✅ Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentyabrdagi tegishli qarori bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faoliyatini lisenziyalash pasportiga oʻzgaritish kiritilmoqda.
📆 Unga muvofiq, 2025 yil 10 dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da, 2026 yil yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlaridagi dorixonalar “Elektron resept” moduli bilan belgilangan ma'lumotlarning real vaqt rejimida almashilishini ta'minlashi shart.
📌 Eslatib oʻtamiz, dorixonalar tomonidan resept asosida beriladigan dori vositasini reseptsiz berganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. (https://t.me/uzpharmcontrol/3762)
‼️ Endilikda bunday dori vositalarini xarid qilishda yurtdoshlarimiz dorixonaga, albatta, shifokor tomonidan tizimga kiritilgan elektron resept asosida murojaat etishlari tavsiya qilinadi.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот хизмати