Yangibozorda oilaviy poliklinika zamonaviy binoda ish boshladi

Yangibozorda oilaviy poliklinika zamonaviy binoda ish boshladi

Istiqlol oilaviy   poliklinikasi ochilish tadbiri o‘tkazildi. Unda  tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, faxriylar, mahalla faollari qatnashdi. 


Shuningdek, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarida aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotganligini ta’kidladi. 

Zamonaviy binoda ish boshlagan oilaviy poliklinika zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, aholi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
 

19-09-2025, 08:51
Sahifaga qaytish