
So`gliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tumanimizda 26 aprel kunidan “Sog‘lomlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda. Tashabbus doirasida Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda. Tumandagi tor soxa mutaxassislari (onkolog, dermatolog, okulist, kardiolog, endokrinolog, xirurg, psixiatr, pulmanolog, urolog, bolalar jarrohi, nevropatolog, pediatr, ftiziatr, LOR) tomonida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘allik reestriga kiritilgan fuqarolardan 1168 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shulardan 241 nafari ambulator sharoitda, 12 nafari statsionar sharoitda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi, 115 nafarga kafolatlangan paket doirasida mavjud bepul dori-darmonlar berildi


