YANGI MAHALLA TIBBIYOT PUNKTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

YANGI MAHALLA TIBBIYOT PUNKTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

YANGI MAHALLA TIBBIYOT PUNKTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Shu kunlarda viloyatimizning 7 ta tumanida 20 ta mahalla tibbiyot punktlari ish boshlayotgani haqida xabar bergan edik.  Kechaning o‘zida Bog‘ot tumanining Navbahor , Bog‘zor va Ashxobod mahallarida, Yangibozor tumanining  Tozado‘rman  mahallasida   tibbiy punktlarning ochilish tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda tumanlar hokimlari, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Mahallalar aholisi  shundoq qo‘l cho‘zsa yetgulik masofada joylashgan tibbiy muassasalarga murojaat qilish va tibbiy muolajalarni o‘z vaqtida olish imkoni paydo bo‘lganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. 
Foydalanishga topshirilgan, yengil konstruksiyali tibbiyot punktlarida  sifatli muolaja olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bunday mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilishi natijasida   noqulay hududlarda joylashgan 86 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmatni yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘lmoqda
8-07-2023, 10:32
Sahifaga qaytish