O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2023 yildagi 477-sonli qarori,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2023 yildagi 477-sonli qarori,

Qarorning to‘liq matni bilan tanishish uchun bosing​​​
Qarorga  ko‘ra Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, malaka toifasini berish bo‘yicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan, ya’ni ixtiyoriy ravishda malaka toifasini berish bo‘yicha attestatsiyalarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ham bo‘lib, bunga quyidagilar kiradi:

✅ fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dots.nt va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan oliy tibbiy ta’lim tashkilotlarining shifokor va farmatsevtlari;

(Izoh: bunda oliy tibbiy ta’lim tashkilotlarining kafedralarida faoliyat yuritayotgan shifokor va farmatsevtlar nazarda tutilgan bo‘lib, boshqa tibbiyot muasasalarida faoliyat yuritadigan ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga ega shifokor va farmatsevtlar uchun malaka toifasini berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish majburiy ekanligini anglatadi. Shuningdek, ularning amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan so‘ng malaka toifasi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov to‘xtatiladi).

☑️ tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va qonunchilikka muvofiq pensiya yoshiga to‘lgan shifokor va farmatsevtlar;

(Izoh: bunda ularning amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan so‘ng malaka toifasi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov to‘xtatiladi. Malaka toifasi uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi uchun navbatdagi yoki amaldagi malaka toifasini olish uchun o‘rnatilgan tartibda hujjat topshirib, attestatsiyadan o‘tishi talab etiladi).

✅ tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega shifokor va farmatsevtlar;

(Izoh: bunda qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga ko‘ra, ikkinchi malaka toifasi uchun eng kamida uch yil ish staji talab etiladi, shunga ko‘ra ushbu shifokor va farmatsevtlar uchun mazkur davrda malaka toifasi olish ixtiyoriy etib belgilanganligini anglatadi).

☑️ homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

✅ homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

☑️ tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

✅ uzoq vaqt davomida (uch oydan ortiq) davolanayotgan shifokor va farmatsevtlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

☑️ chet davlatlarga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan shifokor va farmatsevtlar.

Bunda, 4, 5, 6, 7, 8-xatboshilardagi shifokor va farmatsevtlar faqatgina belgilangan davr davomida malaka toifasini berish bo‘yicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
12-10-2023, 10:12
Sahifaga qaytish