❓2023 yil “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiriq bo‘ldi?

❓2023 yil “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiriq bo‘ldi?

❓2023 yil “Tez yordam” xizmatiga qancha chaqiriq bo‘ldi?

🚑 Mamlakatimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.

📌 Buni esa 2023 yil davomida “103” xizmatiga bo‘lgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.

🏥 — O‘tgan yil “Tez yordam”ga yurtimiz bo‘yicha jami 13 522 771 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shundan jami 888 ming 57 nafar katta yoshli, 337 712 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

📊 Eng ko‘p murojaatlar:

📌 Farg‘ona viloyatida — 1 460 549 ta;

📌 Andijon viloyatida — 1 374 693 ta;

📌 Toshkent shahrida — 1 363 610 ta;

📌 Toshkent viloyatida — 1 288 111 ta;

📌 Namangan viloyatida — 1 257 328 ta qayd etilgan.

☎️ Eng kam chaqiriq Navoiy (413 247 ta ), Sirdaryo (491 104 ta) va Jizzax (542 043 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

‼️ Taqqoslash uchun aytsak, 2022 yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta murojaat kelib tushgan edi. (https://telegra.ph/file/acb9da51f90b5d837e0ba.jpg)
19-01-2024, 09:55
Sahifaga qaytish