Davolash-profliaktika muossasalarida sanitariva-epidemiologik tekshiruvlar (o'kazish tardbi to’grisidagi nizomni tasdiqlash haqida
o'zbekislon Respublikasi Prezidentinrng 2020-yil 27-iyuiclagi "O'zbekiston Respuhlikasi Sanitariva-epidemiologik osovishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish ehora-tadbirlari lo‘g'risida”gi PQ-4790-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
\. Davolash-profilaklika muassasakmda sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar o‘lkazish lartibi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansm.
2, Sanitariya-epidemiologiya xizmatini muvofiqlashtirish bo‘limi (L.Anvarova) bir oy rnuddaida mazkur buyruq mazmun-mohiyatini barcha davolash-profilaktika muassasalariga yetkazish choralarini ko'rsin.
3. Mazkur buyruq ljrosining nazoratini o‘zzimmamda qoldiraman.
Davolash-profilaktika muassasalarida sanitariya-epiclemiologik tekshiruvlar
— '
o‘tkazish tartibi to‘g4risidagi NIZOM
Ushbu Nizom 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida (bundan buyon matnda DPMlar deb yuritiladi) Sogfiiqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi), uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan sanitariya- epidemiologik tekshiruvlar (bundan buyon matnda tekshiruvlar deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi Senati a’zolari,
Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, prokuratura organlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy organlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan mutaxassis sifatida jalb etish vakolatiga ega bo‘lgan organlar va tashkilotlar tomonidan Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazilayotgan sanitariya- epidemiologik tekshiruvlarga;
tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga;
aniqlangan, qayd etilgan yuqumli kasalliklar, ovqatdan zaharlanish holatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan epidemiologik surishtiruvlarga.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tekshiruv - DPMlar tomonidan 0‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan nazorat qilish maqsadida tekshirish;
rejali tekshiruv - tegishliligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va
Toshkent shahar sogdiqni saqlash bosh boshqarmasi (keyinchalik - hududiy boshqarmalari) bilan kelishgan holda Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlaming yillik reja-jadvaliga asosan, DPMlarda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, bemorlar va tibbiyot xodimlari orasida tibbiy muolajalar bilan bogdiq kasalliklaming oldini olishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlaming bajarilishini, ularda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining hamda epidemiyaga qarshi kurashish tartiblarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshiruv - tegishliligi bo‘yicha Sogliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshiruvlaming yillik reja-jadvalida belgilanmagan holda Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv;
nazorat tartibida tekshiruv - DPMlarda ilgari o‘tkazilgan tekshiruvda ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish ustidan Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiradigan tekshiruv;
sanitariya-epidemiologik vaziyat - aholi yashayotgan muhitining va sog‘lig‘ining muayyan hududdagi, ko‘rsatilgan aniq vaqtdagi holati;
shifoxona ichi infeksiyasi (sinonimi - gospital, nozokomial infeksiya) - bemor shifoxonaga kelishi yoki tibbiy yordam so‘rab DPMlarga murojaat qilishi natijasida, kasallik belgilarining statsionarda yoki statsionardan chiqqanidan so‘ng paydo bodishidan qat’iy nazar, bemomi shikastlovchi mikrobdan kelib chiqqan har qanday klinik aks etgan kasallik hamda shifoxona muassasasi xodimining mazkur muassasada ishlashi jarayonida unga infeksiya yuqishi natijasidagi yuqumli kasallik.
2-bob. DPMlarda tekshiruvlar o‘tkazishning maqsad va vazifalari.
3. DPMlarda o‘tkaziladigan tekshiruvlar sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, bemorlar va tibbiyot xodimlari orasida tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasalliklaming oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlaming bajarilishini, ularda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda SanQvaN deb yuritiladi), epidemiyaga qarshi kurashish tartiblari, Sog‘liqni saqlash vazirligining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini saqlashga oid buyruqlari va boshqa normativ hujjatlari talablarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
4. Quyidagilar DPMlarda tekshiruvlar o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: DPMlarda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash;
bemorlar va tibbiyot xodimlari orasida tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasalliklaming oldini olish;
tegishli SanQvaNning, epidemiyaga qarshi kurashish tartiblari, Sog‘liqni saqlash vazirligining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini saqlashga oid buymqlari
va boshqa normativ hujjatlari talablarini amalga oshirish yuzasidan xodimlaming bilimini oshirishga ko‘maklashish;
qonun buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ulami sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlami ishlab chiqish;
DPMlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
DPMlar faoliyatida kam samarali va ruxsatsiz tekshirishlami qisqartirish bilan bir vaqtda shaffof, to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish, sanitariya-epidemiologik jihatdan ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash.
3-bob. DPMlarda tekshiruvlar o‘tkazish muddatlari.
5. DPMlarda tekshiruvlar 0‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tegishliligi bo‘yicha Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislari (bundan buyon matnda tekshiruv o‘tkazishga mas’ul shaxslar deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
6. DPMlarda tekshiruvlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshiruv;
rejadan tashqari tekshiruv;
nazorat tartibida tekshiruv.
7. Rejali tekshiruvlar DPMlar yo‘nalishiga qarab barcha kerakli bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
8. DPMIarda-quyidagi muddatlarda rejali tekshiruvlar o‘tkaziladi:
jarrohlik yo‘nalishidagi, shoshilinch yordam, perinatal markaz, tug‘ruq yo‘nalishidagi, qon quyish va gemodializ xizmatlari bilan bog‘liq DPMlar rejali ravishda har chorakda ко‘pi bilan 1 (bir) marotaba;
terapevtik yo ‘nalishdagi va ambulatoriya-poliklinika turidagi DPMlar bir yilda ко ‘pi bilan 2 (ikki) marotaba;
9. Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan DPMlarda o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar muddati 15 kundan oshmasligi kerak.
10. DPMlarda nazorat tartibidagi tekshiruvlami o‘tkazish Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan faqat tekshiruvlari natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha dalolatnomada belgilangan muddatda yoki tegishliligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlarining buyrug‘i asosida 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.