♻️ Ayniqsa, "103" xizmatini barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtotransport vositalari bilan ta’minlash borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida so‘nggi yillarda mazkur yo‘nalishda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada ortdi.
🟡 Raqamlarga murojaat qilsak, 2023 yil yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 227 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi.
📊 Shuningdek, o‘tgan yil avgust oyida 50, sentyabr oyida 100, oktyabr oyida 100, noyabr oyida esa yana 108 dona ana shunday avtoulovlarning yangi partiyasi ehtiyojga qarab Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallariga taqdim etildi.
🖇 2023 yil so‘ngida “Jizzakh Auto” kompaniyasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi uchun mazkur rusumdagi avtomashinalarning navbatdagi 100 dona yangi partiyasi taqdim etildi.
🏥 Aytish lozimki, bu galgi 30 ta avtoulov Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi. Natijada tizimdagi bunday avtotransport vositalari soni jami 800 dan oshadi.
‼️ Rejaga ko‘ra, joriy yil mart oyigacha yana 170 ta “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinalari hududlarga topshiriladi.
