
Yangibozor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 235 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, tumanning 18402 nafar aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Poliklinikada 35 nafar tor soha mutaxassisi, 7 nafar oila shifokori, 18 nafar oila hamshiralari,9 nafa
r umumiy amaliyot xamshiralari 5 nafar doya patronajlar va 67 nafar xamshiralar hal qxizmatida.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Tangriberdiyev Ko‘palbay Raimberdiyevich tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyatini o‘rganib "Elektron poliklinika" imkoniyatlari va qulayliklari bilan tanishdi. Poliklinikadagi mavjud kompyuter texnikasi va extiyojni o‘rganib tegishli tavsiyalarni berdi.

Boshqarma boshlig‘i poliklinikasi shifokorlari balan ham suxbatlashib, ularni faoliyati bilan tanishdi.

ELЕKTRON POLIKLINIKANI ISHGA TUSHIRISHDA ERISHILADIGAN NATIJALAR
1. Fuqarolarning shifokor qabuliga navbati tartibga solinadi
2. Elektron tibbiy karta shakillantiraladi va ma’lumotlar ishonchli elektron ko‘rinishda saqlanadi.
3. Shifokor uchun bemorning kasalliklar tarixi bilan onlayn tanishish imkoniyati yaratiladi.
4. Xududning kasalliklar statistikasini real vaqt rejimida ko‘rish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi
5. Muassasada tibbiy xujjatlar yuritilishi raqamlashtiriladi va shifokorlarning vaqtini tejaladi