Yangibozor TTBda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

Yangibozor TTBda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 27- mart kungi 97-sonli buyrug‘i hamda Xorazm viloyati SSBning 2024- yil 1-apreldagi  82-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i chiqarilib, tegishli  chora-tadbirlar belgilab olingan.  Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi shtabi a’zolari  ishtirokida 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilish  ushbu buyruq ijrosi hamda aholi orasida uchrayotgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, skrining dasturlarini sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, aniqlangan kasalliklarni manzilli sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil qilishga bag‘ishlandi.  Yig‘ilishda shu kunga qadar qilingan ishlar va hafta davomida amalga oshirilgan vazifalar tahlil qilinib, tegishli topshiriqlar berildi. Shtab a’zolariga o‘ziga yuklatilgan vazifalarga astoydil yondashib, hisobotlarning to‘liq va haqqoniy yuritilishi bo‘yicha mas’ulligini oshirish ta’kidlandi, amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
25-06-2024, 15:02
Sahifaga qaytish