GURLAN VA YANGIBOZOR TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MUHOKAMA QILINDI

Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev rahbarligida Gurlan hamda Yangibozor tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish hamda 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amaliyotga kiritiladigan yangiliklarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash, belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ijro etish va aholiga qulay, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

