Yangi O‘zbekiston tibbiyoti: Estoniya tajribasi va innovatsiyalari sari

Yangi O‘zbekiston tibbiyoti: Estoniya tajribasi Innovatsiyalari sari
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar shunchaki texnologiya emas, balki inson qadri uchun xizmat qiluvchi strategik yondashuvdir. Bugun dunyoning eng raqamlashtirilgan davlati — Estoniya tajribasi Yangi O‘zbekiston tibbiyoti uchun muhim andoza bo‘lmoqda.
📍 Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.E.Vaisova ayni kunlarda Estoniyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
🚀 Safar davomida:
Dunyoda yetakchi TalTech universitetining “Digital Health MSc” dasturi bilan tanishuv;
Tibbiyotni raqamlashtirish orqali ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish;
Bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishning yangi modellarini o‘rganish maqsad qilingan.
🌐 Maqsad bitta: Estoniyaning eng ilg‘or innovatsiyalarini Yangibozor tumaniga olib kelish va aholimizga dunyo standartidagi tibbiy xizmatni taqdim etish!

14-05-2026, 14:20
Ko'rishlar: 31
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish ” yili