Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligi

✅Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida " Kelajak sari to'g'ri qadam"shiori ostida "Kasb talash va hayot saboqlari mavzusiga bag'ishlangan davra suhbatlari tashkil qilndi.

Inson hayotidagi eng muhim narsa bu kasb tanlashdir. To‘g‘ri tanlangan kasb insonni nafaqat moddiy jihatdan, balki ma’naviy tomondan ham yuksaltiradi. Kasb–bu shunchaki ish emas bu insonning hayot yo‘li, jamiyatdagi o‘rni, kelajakka qo‘ygan qadamidir.Bugungi tez o‘zgarayotgan zamonda yoshlar oldida keng imkoniyatlar eshigi ochiq. Zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar, innovatsion yo‘nalishlar  bularning barchasi siz aziz o‘quvchilar uchun katta imkoniyatdir. Imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish uchun avvalo o‘z qiziqishingizni ,qobiliyatingizni va maqsadingizni aniqlab olishingiz zarur. muvaffaqiyat tasodifan kelmaydi. U mehnat, sabr, intilishlar natijasidir. Har bir inson o‘z ustida ishlasa, bilim olsa, tajriba orttirsa   o‘z orzusidagi kasb egasiga aylanadi.

21-02-2026, 09:38
Ko'rishlar: 35
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili