O‘zbekistonda shifokorlar Amerika standartlari bo‘yicha tayyorlanadi
Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga xizmat safari doirasida Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster bilan muloqot qildi. O‘quv yurti professor-o‘qituvchilari ishtirokida, keng formatda o‘tgan uchrashuv yakunida Vebster universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari orqali Amerika standartlari asosida tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
