“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
▶️ Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.
📝 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖nomzod haqida ma’lumotnoma;
➖nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
➖nomzodning so‘nggi 3 yil davomida diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini ta’minlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
🗓 Ko‘krak nishoni har yili 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
💰 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
