Bolalarda bronxial astma kelib chiqishining yana bir sababi aniqlandi
🔎 Ammo bolalarda mazkur xastalikni yuzaga keltiruvchi yana bir muhim faktor bor. Buni Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari aniqladi. Qayd etilishicha, ota-onalardagi davomli ruhiy tushkunlik kelgusida ularning farzandlarida astma xastaligini paydo qilishi mumkin.
🔬 Ushbu ilmiy xulosani jamoatchilikka taqdim etish uchun 14 yil zarur bo‘ldi. Uzoq yillik tadqiqot davomida mamlakatda yashovchi 3900 nafardan ortiq bolalarga tegishli tibbiy ma’lumotlar tahlil qilindi.
📊 O‘rganishlar yakunida ota-onalari o‘rta va yuqori darajada stressni boshdan kechirgan o‘g‘il-qizlarda 77 foiz ko‘proq nafas qisishi va hansirash xurujlari kuzatilishi ma’lum bo‘ldi.
📈 Alohida mezonlar bo‘yicha tahlil qilinganda, onalaridagi depressiya tufayli farzandlarida astmaga chalinish ehtimoli 55 foizga ortishi aniqlandi.
♻️ Shuningdek, ota-onalari o‘rtacha moliyaviy qiyinchiliklarga ro‘baro‘ kelgan oilalarda dunyoga kelgan o‘g‘il-qizlarda bu ko‘rsatkich 40 foizdan ko‘proqni tashkil etgan.
📌 Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha o‘rtacha 5 foiz aholi bronxial astma tashxisi bilan yashamoqda. Bolalar o‘rtasida bu statistika yanada yuqori — 10 foizga teng.
