Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik bor.

🔰 Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish quyidagi  javobgarlikka sabab bo‘ladi: (https://lex.uz/docs/97664#6420407)

➖fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;

➖mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 380 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq.

29-01-2024, 09:46
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili