Onalar va bolalar salomatligi yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan siyosiy darajaga olib chiqilgan onalar va bolalar salomatligi yo‘lida so‘ngi vaqtlarda bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreladgi “2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli qarori shu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida perinatal tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risida”gi 151-sonli buyrug‘i asosida Yangibozor tumanida tug‘ruq kompleksi negizida tumanlararo perinatal markazi tashkil qilindi. Buning zamirida tumanda onalar va go‘daklar o‘ldimining oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2022-2023 yillarga nisbatan onalar o‘limining hamda go‘daklar o‘limining sezilarli darajada kamayishiga erishilmoqda. Hozirda tumanlararo tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tuman tumanlararo perinatal markaziga tez tibbiy yordam transporti va 1 ta brigada ajratilishi ta’minlanib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tibbiy xizmat Yangibozor tumani, Gurlan tumani, Shovot tumani, Qo‘shko‘pir tuman va Urganch tumanlaridagi xomiladorligi bo‘lgan hamda tug‘ish yoshidagi ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatishi ta’minlanmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2021 yildagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-sonli qarori asosida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Ayollar maslahat xonasi” tashkil qilindi. Mazkur islohatlar tumanda nikohlanuvchilar o‘rtasidaerta ajrimlarning, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari buning zamirida irsiy kasalliklarning oldini olish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Ayollar maslahatxonasi tarkibida “Repraduktiv salomatlik onalik va bolalikni muhofaza qilish” bo‘yicha ayollar maslahatxona shtabi tashkil qilinib, tuman tumanlararo perinatal markazida“Repraduktiv salomatlik onalik va bolalikni muhofazasi bo‘yicha” Yangibozor tumanlararo perinatal markazi shtabi tashkil qilindi. Mazkur shtab asosan xotin-qizlarning to‘rt toifa bo‘yicha ya’ni, 1-tayanch, 2-past xavf, 3-o‘rta xavf va 4-yuqori xavf guruxlariga mansub ayollarning va tug‘ishga mutloq, nisbiy moneligi bor ayollarning muammolari o‘rganilib, ayollar marshrutkasi belgilanadi.

Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va tizimdagi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida “Sog‘lom oila maslahatxonasi” tashkil qilindi. Buning zamirida oilaning tibbiy psixalogik, ma’naviy salomatligini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

45-65 yoshli ayollar orasida tuman ko‘pt tarmoqli markaziy poliklinikasi onkonazorat xonasida ko‘krak bezi saratoni, bachadon bo‘yni saratoni kasalliklarining oldini olish maqsadida zamonaviy tekshirish usullari ya’ni, kalpaskopiya amaliyoti joriy qilindi. Buning natijasida ayollar orasida onkologik kasalilklarni erta aniqlash va tashxislash va erta sog‘lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishiga erishilmoqda.

Shu bilan birga tuman ko‘p tarmoqli markakziy poliklinikasi tarkibida “Qizlar maslahatxonasi” ham tashkil qilinib, bunda tumandagi 33 ta maktablardan volontyor qizlar tanlab olinib, o‘spirin qizlar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Tumanda onalar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tumandagi 46 ta tibbiy brigadalar, brigada tarkibida doya patronajlar tomonidan tug‘ish yoshidagi ayollarda uchraydigan ekstragenital kasalliklarni erta aniqlash va tashxislash yuzasidan hamda tug‘ruqlar orasini rejalashtirish, xomiladorlarni maqsadli skrening bilan qamrab olish orqali tug‘ma nuqsonlarni oldini olishmaqsadida tarmoq reja asosida faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

27-02-2024, 16:35
Ko'rishlar: 0
Sahifani chop etish