“Ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak


Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasida joriy yilning 1 mart kuni“Ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!” degan ezgu da'vat asosida davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr` kuni bo'lib o'tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishi mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi Kotibiyat mudiri A.R. Matyakubova, Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati D.B. Tajimuratova, Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i M.E.Vaisova hamda
birlashmaning tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi Kotibiyat mudiri A.R. Matyakubova Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida belgilangan muhim vazifalar, uning mazmun-mohiyati xususida batafsil so'z yuritdi.
Shundan so'ng, Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati D.B. Tajimuratova bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, keng ko'lamdagi islohotlar mohiyati, qabul qilingan qonun xujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini yig'ilganlarga tushuntirib berdi.
D.B. Tajimuratova yana o'z so'zida ma'naviyat haqida so'z borar ekan, Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida shubhasiz, ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatga tayanishimiz lozimligini ta'kidladi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoev ta'kidlanganidek, “Bugun ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”.
Yig'ilish so'ngida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i M.E.Vaisovaso'zga chiqib tuman tibbiyot birlashmasi oldida turgan dolzarb masalalar to'g'risida gapirdi vakelgusi vazifalar belgilab olindi.

14-03-2024, 16:24
Ko'rishlar: 0
Sahifani chop etish