Yangibozorda oilaviy poliklinika ish boshladi Bog‘olon mahallasida 64-sonli oilaviy poliklinikaning ochilish tadbiri o‘tkazildi
Yangibozorda oilaviy poliklinika ish boshladi
Bog‘olon mahallasida 64-sonli oilaviy poliklinikaning ochilish tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Sanʼat Salayev, tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Ko‘pal Tangriberdiyev qatnashdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarida aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotganligini taʼkidladi.