Chet eldan qaytib kelgan fuqarolarimiz uchun tibbiy ko‘rik, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi

Chet eldan qaytib kelgan fuqarolarimiz uchun tibbiy ko‘rik, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 4 apreldagi «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasida migratsiyadan qaytgan 500  nafardan ortiq yurtdoshlarimiz va ularning oila a’zolari salomatligi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek,  migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligiga ko‘maklashish  maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Imtiyozli kreditlar tavsiya qilindi.

Ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinasi, motokul’tivator berildi.

Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok qildi.

Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati

@yangibozor_hokimligi
30-05-2024, 15:05
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish