Xorazm viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Yangibozor tumanida tibbiy ko`rik o`tkazildi

2024-yil 26-iyun kuni Yangibozor tuman Hamid Olimjon mahallasida Xorazm viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Xorazm viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari va Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tor soha mutaxassislari tomonidan yoshlar, migrantlar va 30 yoshdan kattalar jami 682 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi shundan 67 nafarida turli xil kasalliklar aniqlanib, 4 nafari tuman shifoxonasiga statsionar davolanish uchun yo'naltirildi hamda 63 nafariga ambulator davo tayinlanib, bepul dori-darmonlar berildi.
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi” tashkil etilib, aholi o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi masalalari”, “Sog‘lom ovqatlanish”, “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi

27-06-2024, 15:01
Ko'rishlar: 9
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili