“Bo‘ston” mahallasi aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markazi poliklinikasi tor soha mutaxassislari “Qalandardo‘rman” oilaviy shifokorlik punktiga qarashli “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi 83 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ularning 22 nafarida aniqlangan turli kasalliklarni sog‘lomlashtirish maqsadida 18 nafariga ambulator, 2 nafariga statsionar sharoitda davolanish tavsiya qilindi. 13 nafar fuqaro zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul ta’minlandi.

5-10-2024, 14:15
Ko'rishlar: 0
Sahifani chop etish