Bilim va Innovatsiyalar uyg‘unligi




Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlashni raqamlashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor bugun xalqaro maydonda o‘z samarasini bermoqda. Bu islohotlarning amaliy ifodasi sifatida Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.E.Vaisova ayni kunlarda raqamli taraqqiyot yetakchisi — Estoniyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.Estoniya Tajribasi va Yangibozor: Safar doirasida dunyoga mashhur TalTech universitetining “Digital Health MSc” dasturi, sun’iy intellekt va raqamli boshqaruv tizimlari o‘rganilmoqda. Bu tajriba tumanimiz tibbiyotini qog‘ozbozlikdan xoli, shaffof va yuqori texnologik tizimga o‘tkazishga xizmat qiladi.
🤝 Xalqaro Hamkorlik: Ushbu muhim jarayonlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan Civitta jamoasining hissasi alohida e’tirofga loyiq. Bunday hamkorliklar tibbiyotimizning ertangi kunini yanada mustahkamlamoqda.

